TOGʻZOGʻCHA

TOGʻZOGʻCHA (Pyrrhocorax graculus) — chumchuksimonlar turkumining qargʻalar oilasiga mansub qush. Togʻ qargʻata oʻxshaydi, lekin kichikroq. Ogʻirligi 260—280 g. Pati qora yaltiroq, tumshugʻi sariq, bir oz qayrilgan. Oyogʻi qizil. Jan. Yevropa, Kavkaz, Shim. Eron, Oʻrta Osiyo, Oltoy, Tibet va Himolay togʻlarida tarqalgan. Oʻtroq hayot kechiradi. Togʻlarda alp mintaqasida togʻ qargʻadan ham balandqoya va jarliklardagi yoriqlarga uya quradi. May—iyunda 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, oʻsimlik mevalari va urugʻlari bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x