TOGʻLI BADAXSHON MUXTOR VILOYATI

TOGʻLI BADAXSHON MUXTOR VILOYATITojikiston Respublikasi tarkibidagi muxtor viloyat. 1925-y. 2 yanv. da tashkil etilgan. Viloyat respublikaning sharqiy qismida joylashgan. Shim. dan Qirgʻiziston, sharqdan Xitoy, jan. va gʻarbdan Afgʻoniston, shim. gʻarbdan respublikaga qarashliʻ tumanlar va Xatlon viloyati bilan chegaradosh. Mayd. 63,7 ming km2. Aholisi 206 ming kishi (2001), asosan, tojiklar, shuningdek, qirgʻiz, uzbek, rus, ukrain, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyatda 7 tuman, 1 shahar (Xorugʻ), 42 qishloq bor. Markazi — Xorugʻ sh.

Viloyat hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Mil. av. 6—4a,larda sak qabilalari, mil. av. 2-a. da esa toxarlar va b. xalklar yashagan. Viloyat (yoki uning bir qismi) uzoq oʻtmishdan turli davlatlar va sulolalar — eftalit (haytal) lar davlati (mil. 5-a.), Turk xoqonligi (6-a. dan), Somoniylar (9 — 10-a. lar, Gʻuriylar (12-a.), moʻgʻullar (13-a.), Temuriylar (15 — 16-a. lar), Shayboniylar (16-a. ning oxiri) va Ashtarxoniylar tarkibida boʻlib keldi. Soʻng Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligi tasarrufiga oʻtgan. 1274-y. Badaxshondan oʻtgan Marko Polo maʼlumotlariga koʻra, bu yerda kumush, laʼl va b. qimmatbaho toshlar qazib olingan.

1923-y. iyulida Togʻli Badaxshon viloyat sifatida Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibiga qoʻshilib, 1925-y. da Tojikiston Muxtor Respublikasi tarkibiga kiritilgan.

Viloyat hududi Pomir togʻlarida joylashgan. U gʻarbiy (kichik) va sharqiy (katta) qismlarga boʻlinadi. Gʻarbiy qismi pastroq boʻlib, parchalanib ketgan. Panj daryosi oʻng irmoqlarining chuqur tor vodiylari gʻarbdan sharqqa kesib oʻtadi. Ularni vodiy tubidan 3000—4000 m balandlikdagi tizmalar ajratib turadi. Sharqiy qismi baland tekis togʻlik boʻlib, yassi vodiy va soyliklar ustidan koʻtarilib turadi. Gʻarbiy qismida eng past joylar 1500 m dan, sharqiy qismida 3600 m dan past emas. Gʻarbiy qismining iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi — 19,6°, iyulniki 13° (Murgʻob), yillik yogʻin — 60—70 mm. Gʻarbiy qismining asosiy daryolari: Panj va uning irmoqlari (Vanj, Yazgʻulom, Bartang, Gʻunt (Shoxdara bilan birga). Sharqiy qismining daryolari: Murgʻob (Oqsuv bilan birga), Alichur. Koʻl koʻp emas. Sharqiy qismida oqmas koʻllardan Qorakoʻl (eng yirigi), Shoʻrkoʻl, Rangkoʻl va b. Oqar koʻllardan — Sarez koʻli, Yashilkoʻl va Zoʻrkul. Gʻarbiy qismining tuproqoʻsimlik qoplami qamma mintaqalarida ham kserofit xususiyatga ega: quyi mintaqalarda — choʻldasht tuproqlarda shuvoq, chalov, betaga, togʻ choʻqqilari yaqinida yostiqsimon oʻtlar (akantolimonlar), bardidoshlar, kobreziya oʻsadi. Daryo chetlarida tol, terak, jiyda, yon bagʻirlarda siyrak holda archazorlar bor. Sharqiy qismida — balandtogʻ choʻl tuproklarida teresken va yostiqsimon oʻtlar uchraydi. Yovvoyi hayvonlardan buri, tulki, tovushqon, bars, togʻ echkisi, uzun dumli sugʻur, yirik yirtqich qushlar bor. Gʻarbida silovsin, jayra, qobon, sharqida arxar yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq koʻp. Xorugʻ sh. yaqinida 1933-y. dan Pomir Botanika bogʻi faoliyat koʻrsatadi.

Foydali qazilmalardan: togʻ billuri, oltin, kumush, simob, volfram, molibden,, osh tuzi, asbest, kumir; qimmatbaho toshlardan laʼl, lojuvard va b. ; marmarning bir necha turi bor. Oʻnlab buloklar boʻlib, ular orasida Garmchashma shifobaxsh bulogʻi respublikadan tashqarida ham mashhur.

Viloyat iktisodiyotida qishloq xoʻjaligi. ning oʻrni katta. Viloyat gʻarbida yashovchi aholi dehqonchilik va chorvachilik, sharqidagi aholi faqat chorvachilik bilan shugʻullanadi. Qoʻtos yetishtiruvchi xoʻjaliklar ham mavjud. Gʻallachilik va pillachilik rivojlangan. Bogʻdorchilik, kartoshka va sabzavotchilik hamda tamakichilik bilan ham shugʻullaniladi. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi va kigiz bosiladi.

Sanoatining energetika (Xorugʻ, Qalʼai Xumb, Vanj, Oqsuv GESlari), yengil, oziq-ovqat (non, sut, goʻsht zdlari) tarmoklari rivojlangan. Osh tuzi, oltin, togʻ billuri va b. qimmatbaho toshlar konlari aniklanib, ayrimlarida qazish ishlari olib borilmoqda.

Asosiy avtomobil yoʻli Xorugʻ — Oʻsh (697 km) va Dushanba — Xorugʻ (528 km). Dushanba — Xorugʻ havo yoʻli mavjud. Rudakiy nomidagi viloyat musiqali teatri, kutubxonalar ishlab turibdi. Nasriddin Mamanazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x