TOGʻ ECHKILARI

TOGʻ ECHKILARI (Sarga) quvush shoxli juft tuyoqlilar urugʻi. Gavdasining uz. 100—170 sm, yagʻrinidan bal. 65— 115 sm, vazni 35—150 kg. Serkasi (erkagi) uzun «soqoli» va dumi ostida hid bezlari rivojlangan. 8 turi bor. Shim. Afrika, Yevrosiyoda, jumladan, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir togʻlarida tarqalgan. Chiqish qiyin boʻlgan qoyali joylarda yashaydi. Oʻzbekiston togʻlarida 2 turi: burama shoxli echki, yaʼni morxoʻr (Koʻhitang va Bobotogʻda) va Sibir togʻ echkisi (Turkiston va Chatqol togʻ tizmalarida) uchraydi. Yilda 1—2 bola tugʻadi. 15—17 yil yashaydi. Goʻshti va terisi uchun ovlangan. 2 turi ham Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Soni keskin kamayib ketgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqj aro tashkiloti Qizil kitobiga 2 turi va 2 kenja turi kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x