TOBA

TOBA — mil. 4-a. oxiriga qadar hoz. Ichki Mongoliya (XXR) hududida yashagan koʻchmanchi qabila. 3-a. oʻrtalarigacha Syanbi qabila ittifoqiga kirgan. Kabila oqsoqoli Livey hukmronligi davrida (220—277) faol siyosiy rol oʻynay boshlagan. Xitoy bilan mustaxkam aloqalar oʻrnatgan. 4-a. boshida Xitoydagi Gʻarbiy Szin imperiyasi bilan birgalikda Tobalar hunnularning Shim. Xan davlati bilan kurash olib borishgan. Buning evaziga Xitoy imperatori 310-y. T. larga Dayszyun viloyatini, 315-y. esa, Chanshan viloyatini (hoz. Xebey viloyati) inʼom etgan. Tobalar Szin imperiyasi bilan harbiy ittifoqda boʻlsalarda undan mustaqil edilar. 2—3-a. larda Toba larda urugʻchilik munosabatlari saqlanib qolgan, 3-a. oxiri —4-a. boshlaridan merosiy hokimiyat vujudga kelgan. 4-a. oxirida Tobalar oʻzlarining Toba Vey (Shim. Vey) davlatini barpo etishgan. 4-a. oxiridan Tobalar oʻtroq hayot tarziga oʻtishgan, xonaki chorvachilik bilan bir qatorda dehqonchilik bilan ham shugʻullangan. Keyinchalik boshqa xalklar bilan aralashib ketgan va 7-a. dan boshlab Tobalar nomi tarix saxifalarida uchramaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x