TOʻYONA — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. intida Qoʻybosh va Kutana navlarini chatishtirib (A. S. Shchukina, ST. Pessova, A. S. Hakimov, S. Xalilov) yaratilgan. Nihollari unib chiqqandan keyin qovuni 105 1 1 5 kunda pishadi; oʻrtacha kattalikda, vazni 4 — 6 kg, yuzasi tekis, tusi qoʻngʻirkulrang, yetilganda sargʻishqoʻngʻir tusga kiradi, toʻri dagʻal. Mevasi tarkibida 9 — 10% qand bor. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻlari yirik. Qishda yaxshi saklanadi. Hosildorligi 300—400 s/ ga. 1991-y. da davlat reyestriga kiritilib, Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uch_un tavsiya etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые