TOʻXTASINOV Maʼmurjon Salimjonovich (1958.18.11, Oltiariq tumani) — lirik xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent madaniyat intini tugatgan (1986). Oltiariq madaniyat uyida badiiy rahbar, musiqa maktabida oʻqituvchi (1986 — 96), «Uzbeknavo» birlashmasi Fargʻona viloyati boʻlimida yakkaxon xonanda (1997-y. dan). Ovozi mayin, keng diapazonli, ijro uslubi Fargʻona vodiysi hofizlik anʼanalariga asoslangan. Repertuaridan maqom yoʻllari («Chorgoh», «Saraxbori Oromijon», «Savti Suvora» va b.), mumtoz ashula va zamonaviy bastakorlar asarlari («Kucha bogʻi», «Mustahzod», A. Ismoilovning «Gohogoho kelasan», R. Tursunovning «Gʻamzasin» va b.) oʻrin olgan. Ayniqsa, «Bobur» (1990, «Yaxshilik»), «Layli va Majnun» (1993), «Kecha va kunduz» (1995), «Shahzoda va Malika» videofilmlariga aytgan mumtoz va oʻzi bastalagan ashulalari mashxur. Tojikiston, Qozogʻiston, Germaniya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Ijrolari 2 ta gramplastinka («Dilrabolar», 1987; «Orzular parvozi», 1988) Oʻzbekiston radiosi fonojamgʻarmasiga yozilgan. Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori (1998).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые