TOʻSUNSOY RASMLARI

TOʻSUNSOY RASMLARINurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar, sanʼat obidasi. Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani hududida. 1977-y. da arxeolog O. Rostovsev, T. Omonjulov, G. Vafoyev, I. Ivaniskiylar tomonidan topilgan. 1986-y. da arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan oʻrganilgan. Mil. av. 2ming yillikning oxiri — 1ming yillikka mansub, keyingi davrlarda yaratilgan rasmlar ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyum bn soya, shakl koʻrinishi, oddiy chiziklar uslubida uriboʻyib ishlangan. Yakka holda alohida ishlangan odamlar, ot, it, echki, tuya, kiyik, toʻngʻiz, boʻri, krplon va b. ning rasmlari koʻpchilikni tashkil qiladi; ov manzaralari, ot va tuya mingan chavandozlar tasvirlari ham uchraydi; koʻp lavha va tasvirlar romb shaklidagi belgi bn birga ishlangan. Ayrim qad. rasmlar usti keyingi davrlarda yaratilgan birmuncha yangi shakllar bn krplangan. Toʻsunsoy rasmlari tasviriy sanʼat asari, arxeologik obida va tarixiy manba sifatida katta axamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x