TOʻRTKOʻLTEPA

TOʻRTKOʻLTEPA (Eski qoʻrgʻon) Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shu nomli qishloq markazida joylashgan shahar xarobasi (mil. av. 1—mil. 1 — 2-a. lar). Arxeologlar Gʻ. Dadaboyev, B. Matboboyevlar oʻrgangan. Mayd. 13 ga (350×350 m). Toʻrtkoʻltepa koʻpburchak shaklida qurilgan. Yodgorlik qalin mudofaa devori bn oʻrab olingan, xom gʻisht va paxsadan tiklangan devorda 20 ga yaqin burjlar boʻlgan. Devorning qalinligi 6—10 m, bal. 6—7 m. Devorning ichki tomoni boʻylab binolar qurilgan. Bu binolarda mudofaachilar yashagan. Tashqi tomondan devor ostidan 3—4 m kenglikda ariqzovur oʻtkazilgan. Shahar irmogʻining shim. gʻarbida ark qoldiqlari saqlangan. Undan sal quyida jan. gʻarbiy qismida yana bir bino qoldiqlari bor. Norin va Qoradaryo oraligʻidagi Qolgandaryogacha boʻlgan joylar, yaʼni hoz. Yangiqishloq, Eylaton, Boʻz, Botirobod, Maygir, Qoʻshkoʻprikda yashagan qad. Aholi uchun savdosotiq, madaniyat markazi hamda «notinchlik paytida panagoh» vazifasini bajargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x