TOʻRT SHABBOZ MAJMUASI

TOʻRT SHABBOZ MAJMUASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (taxm. 1842—1885). Dishan qalʼa hududidagi qabristonining jan. da (Bogʻcha darvoza yaqinida) joylashgan. Muhammad Rahimxon II buyurtmasiga koʻra, usta Hasanquli Azizon rahbarligida qurilgan. Rivoyatga koʻra, 3 akauka avliyo (Nizomiddin, Aloviddin, Sharofiddin) va Xiva xoni Asfandiyorxon (1643-y. v. e.) sharafiga «toʻrt shavvoz» deb nomlangan (magʻalliy talaffuzda «shavvoz» «shabboz»ga aylangan).

Hozir qabriston hududiga qoʻshib yuborilgan. Ularning qabrlari chinor tagida boʻlgan (saklanmagan), ammo bu yer hozir ziyoratgoh hisoblanadi. Toʻrt shabboz majmuasida 3 Madrasa, masjid, minora, maqbara va hovuz joylashgan. Katta maydon oʻrtasida hovuz (12×12 m), atrofiga daraxtlar ekilgan. Markazi (jan.)dagi masjid (18,0×12,0 m) 4 ustunli, 9 gumbazli, bir tomoni ayvonli. Ustunlar oʻyma naqshlar bn bezatilgan. Masjid eshigi tepasidagi marmar taxtachada xorazmlik usta Muhammad Nazarboy ismi va buyurtma vaqti (1874) oʻyib yozilgan. Masjid yaqinidagi minora (asosining diametri 2,5 m) gʻishtdan bezakli qilib koʻk sirkori shakllar bn bezatilgan. Qafasasiga ravoqchalar ishlanib, tepasi muqarnas bezaklar bn yakunlangan. Bunday bezaklar madrasa peshtogʻida qam uchraydi. Toʻrt shabboz majmuasi shim. sharqida Tillaboy madrasasi (1871), sharqsa Asfandiyorxon madrasasi, jan. sharqiy burchagida Xudoybergan karvonboshi qurdirgan Madrasa (1875) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x