TOʻRAQULOV Yolqin Xolmatovich (1916.10.11, Qozogʻiston Respublikasi Marki sh. — 2005.1.3, Toshkent) — biokimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Biol. fanlari dri (1959), prof. (1962). ToshTI ni tugatgach (1936), shu int biokimyo kafedrasida assistent (193638), aspirant (193841), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika inti direktori (1939—41). Urush qatnashchisi (1941 — 44), yana shu int direktori (1944). SSSR Tibbiyot FA Biologiya va tibbiyot kimyosi intida (Moskva) ilmiy xodim (1944—47). ToshTI rektori (1947—50), Oʻzbekiston FA Qishloq xoʻjalik intida katta ilmiy xodim (1950—54), Andijon tibbiyot inti prorektori va kafedra mudiri (1954 — 56), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi intida boʻlim mudiri (1957), direktor oʻrinbosari (1960—62). Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi Oʻlka tibbiyot (hoz. Endokrinologiya) i. t. instituti direktori (195760, 196263, 1976—96), ayni vaqtda lab. mudiri (1957 97; 1998-y. dan ilmiy maslahatchi), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (1970—72), vitseprezidenti (1963— 66), biologiya fanlari boʻlimi raisi (1966—79). ToshDU da kafedra mudiri (1967-y. dan), Oʻzbekiston FA Biokimyo inti direktori (1967 — 69), lab. mudiri 0967—70). SamDU rektori (1970—72), Oʻzbekiston FA Tibbiyot fanlari boʻlimi raisi (1994—97).
Toʻraqulovning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining baʼzi turlarida tireoid gormonlar biokimyosiga oid. Uning tadqiqotlari zamonaviy biol., tibbiyot, biokimyo, biofizika, radiobiologiya va endokrinologiya fanlarining original yoʻnalishlariga bagʻishlangan. Qalqonsimon bez kasalliklarida radioaktiv yod yordamida oʻtkazilgan klinikbiokimyoviy ishlari uchun nufuzli Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1964). Biokimyodan darslik va oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar tuzgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985), «Elyurt hurmati» (1998) va «Buyuk xizmatlari uchun» (2003) ordenlari bn mukofotlangan.
As: Obmen yoda i tireoidnыye gormonы, Toʻraqulov, 1959; Bioximiya i patoximiya щitovidnoy jelezы, Toʻraqulov, 1963; Tireoidnыye gormonы (v soavtorstve), T., 1972; Yodproteinы щitovidnoy jelezы (v soavtorstve), T., 1974.