TOʻRAQOʻRGʻON

TOʻRAQOʻRGʻONNamangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-y. dan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Namangan sh.) dan 12 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy oqib oʻtadi.

Toʻraqoʻrgʻonda «OhangarIII», «Koopagrofirma» aksiyadorlik jamiyatlari, «Shirinlik» Oʻzbekiston—Gollandiya, «Axsikent» qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, q. x., kurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan — Toshkent avtomagistrali oʻtgan. Namangan — T. yoʻnalishida trolleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x