TOʻQUVCHILIK

TOʻQUVCHILIK — tabiiy (paxta, jun, ipak, zigʻir, kanop va h. k.) va sunʼiy tolalardan gazlama va b. toʻqimachilik mahsulotlari olish jarayonlari majmui; hunarmandchilikning bir turi, kasb. Dastlab (neolit va ibtidoiy jamoa davrida) yigirish va toʻqishga doyr ishlar qoʻlda bajarilgan. Keyin urchuqlar, dastaki toʻquv dastgohlari paydo boʻlgan. Chigit ekib, paxtadan ip gazlama olish Oʻrta Osiyoda milodning boshidayoq tarqalgan. Lekin i. ch. texnikasi nihoyatda sekinlik bn oʻsgani uchun yigirish va toʻqish qoʻlda bajarilgan. Keyinchalik yogochdan yasalgan dastaki Toʻquvchilik dastgohi (doʻkon) paydo boʻlgan. Toʻquvchilikni mexanizatsiyalashga urinish 16—18-a. larga toʻgʻri keladi. Ingliz ixtirochisi J. Keyning 1733-y. da ixtiro qilgan «oʻziuchar» moki T. da katta ahamiyatga ega boʻddi. 18a. oxirida Buyuk Britaniyada E. Kartrayt mexanik toʻquv stanogini ixtiro kildi. 19-a. oxiri 20-a. boshlarida mokisi avtomatik tarzda almashtiriladigan Toʻquvchilik stanoklari paydo boʻldi.

Dastlab, ip yigirish, gazlama toʻqish, pardozlash ishlari yakka tartibda bajarilgan, keyinchalik (18-a. 2yarmidan) kichikkichik, keyin yirikroq korxonalar paydo boʻlgan.

Toʻquvchilik toʻquv stanoklarida korxonalarda bajariladi. Toʻqimagazlama ishlab chiqaradigan korxona toʻquv fkasi deyiladi. Toʻquv fkasining yonida ip yigiruv fkasi va toʻqimaga gul bosadigan fka ham boʻlsa, korxona Toʻquvchilik kombinata deyiladi. Toʻquvchilikning asosiy xom ashyosi paxta (va b. tabiiy tolalar) hisoblanib, kimyoviy tolalardan ham keng foydalaniladi. Gazlama toʻqishning texnologik jarayoniga kura, Toʻquvchilik tayyorgarlik, toʻqish va yakunlovchi operatsiyalarni oʻz ichiga oladi. Tayyorgarlikda tolalarni aralashtirib, yigirib har xil ip olinadi. Ip tayyorlash tartibi quyidagi ketma-ketlikdan iborat: tanda ipini qayta oʻrash, tandalash, ohorlash, tanda ipini oʻtkazish; arqoq ipini qayta oʻrash, namlash yoki emulsiyalash, tanda ipini qayta oʻrash naychalaridagi ipni bobinaga yoki flanesli gʻaltaklarga oʻrashdan iborat. Tandalashda bobinadagi tanda iplari tanda vallariga parallellab oʻraladi. Bu operatsiya tanda mashinalarida bajariladi. Tanda ipining pishiqligini oshirish uchun ular ohorlanadi (q. Ohorlash). Tanda ipini remizalar koʻzi va berdo plastinkalari orasidan oʻtkazish («proborka») maxsus stanoklarda bajariladi.

Arqoq ipi yigiruv fkalarida toʻquv stanogining mokisiga tushadigan naychalarda ishlab chiqariladi, shuning uchun u maxsus tayyorlash operatsiyasidan oʻtkazilmaydi. Arqoq ipining elastik va silliq boʻlishi hamda halqa (tugun) hosil qilmasligi uchun uni namlash yoki emulsiyalash lozim. Shu tariqa tayyorlangan tanda va arqoq iplaridan toʻquv stanogida turlicha oʻrilish usullarida gazlama toʻqiladi. Toʻqish jarayonida tanda iplariga arqoq iplariga nisbatan toʻquv stanogi ish organlari kuchliroq taʼsir qiladi. Shuning uchun tanda iplari sifatliroq xom ashyodan tayyorlanadi, aks holda toʻqish jarayonida tanda ipi uzilaverib, ish surʼati va gazlama sifatiga taʼsir qiladi. Yakunlovchi operatsiyalar tayyor gazlamani oʻlchash (maxsus mashinalarda), tuklarini qirqish va tozalash, sifatini tekshirish va taxlash mashinalarida taxlash ishlarini oʻz ichiga oladi. Yakunlovchi operatsiyalarning barchasi potok liniyalarda bajariladi. Keyin gazlama pardozlash, gul bosish (zarur boʻlsa) jarayonlaridan oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x