TOʻQTAGʻUL, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1864.25.10, Qirgʻiziston, Oʻsh viloyati Toʻqtagʻul tumani — 1933.17.2, Sassijiyda qishlogʻi) — qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri. 1898-y. Andijondagi xalq isyonida qatnashgan deb qamoqqa olingan va Sibirga surgun qilingan. 1910-y. Vataniga qaytgan. Chondu, Sartboy, Esenamen va b. xalq baxshilari repertuaridan ilhomlangan. Yoshligidan qoʻbiz chertib, qoʻshiq kuylagan, dostonlar aytgan («Kojojash», «Oljaboy va Kishimjon», «Sarinji Bokey», «JonishBoyish», «Kedeyxon» va b.), original kuylar bastalagan.
Dastlabki lirik asarlari — «Alimxon», «Oyimjon», «Nasilxon» va b. mashhur boʻlgan. «Besh toʻngʻiz», «Eshon xalfa», «Papi xalfa», «Isyonkor Chaqirboy» va b. hajviy asarlari Toʻqtagʻul ijodida muhim oʻrin tutadi. «Azoblangan hayotim», «Surgunda», «Quvgʻunda», «Xayr, elim», «Xayr, ona» asarlarida surgunda oʻz boshidan kechirgan qiyinchiliklari, azobuqubatlari tasvirlangan. Toʻqtagʻul ijodi Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Hamza, Poʻlkan kabilar ijodiga hamohang. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan («Sogʻinib keldim», 1964). 1965-y. Toʻqtagʻul Sotilgʻonov nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.
Li.: Vinogradov V. S, Muzoʻkalnoye naslediye Toktagula, M.. 1961.