Toʻgʻrilik har qanday unvonni bezaydi

Fridrih Shiller hikmatlaridan

 

Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan oʻtkazadilar.

 

Zulmni murosasiz yomon koʻradigan kishigina ezgulikni cheksiz sevishi mumkin.

 

Ishni yarim yoʻlda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yogʻi nima boʻlar ekan, deb ogʻzini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir.

 

Rasmga mahliyo boʻlib, uni chizgan kishini butunlay unutib qoʻyganimiz, aslida, rassomga eng katta maqtovdir.

 

Ishni tezroq tugallash harakatida boʻl.

 

Iroda inson bolasining oʻziga xos sifatidir, aql esa irodani boshqarish uchun oʻzgarmas qoidadir.

 

Oʻz topqirligidan zavqlanib kulgan kishining askiyasi kuchini yoʻqotadi.

 

Ishongan odam boshqalarni ham oson ishontiradi.

 

Sheʼriy asar oʻzini oʻzi himoyalashi kerak. Harakat gapirmaydigan joyda soʻz foyda berishi dargumon.

 

Oʻzini boshqara oladigan odamgina erkindir.

 

Har qanday gʻalabadan ustun narsa kechirimdir.

 

Yaxshi aktyorlar uchun yomon rol yoʻq.

 

Mardonalik instinktga qarshi kurash ifodasidir.

 

Nomus hayotdan azizroq.

 

Toʻgʻrilik har qanday unvonni bezaydi.

 

Yoʻqotilgan daqiqani hatto abadiyat ham qaytara olmaydi.

 

Odam maqsadlari kattargani sari ulgʻayib boradi.

 

Minnatdorlik eng tez unutiladigan narsadir.

 

Ota-onalar oʻzlarining nuqsonlarini bolalarida koʻrganlarida koʻproq jahllanadilar.

 

Tabiatga qarshi boʻlgan narsa hech qachon yaxshilikka olib bormaydi.

 

Yaramas ishlarning oxiri voy: ular yangi-yangi qabihliklarni keltirib chiqaradi.

 

Faqat qatʼiyatgina maqsadga eltadi.

 

Orif Tolib tarjimasi

 

“Yoshlik”, 2017–4

https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/togrilik-har-qanday-unvonni-bezaydi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x