Yolgʻon-egrilikka oʻrganma aslo,
Jahon toʻgʻrilikdan boʻlmishdir barpo.
Abdushukur Balxiy.
* * *
Qayda rost ish, oʻsha yerda pokiza non,
Mana qayda chin zarbdorlik halol vijdon!
Gʻafur Gʻulom.
* * *
Toʻgʻrini de, toʻgʻrini koʻr, toʻgʻri yur,
Toʻgʻri eshit, toʻgʻri gapir, toʻgʻri tur.
Abdurahmon Jomiy.
* * *
Toʻgʻri har ofatdan qutilib ketar,
Masal bor: “Toʻgʻrilar maqsadga yetar”.
K. Binoiy.
* * *
Tiling bila koʻnglingni bir tut, koʻngli va tili bir kishi aytgan soʻzla but.
* * *
Tilki faseh va dilpazir boʻlgʻay, xubroq boʻlgʻay agar koʻn-gul bila bir boʻlgʻay.
Alisher Navoiy.
* * *
Toʻgʻrilik uchramas hecham baloga,
Sarv qurisa hamki yarar asoga.
Sayido Nasafiy.
* * *
Egrilik hosili – qabohat erur,
Toʻgʻrilik hosili – saodat erur.
A. Sanoiy.
* * *
Toʻgʻriga rahmat degay el, egriga laʼnat degay,
Toʻgʻrining qalbi charogʻu, egrining qalbida dogʻ.
Egriga boʻlsang yaqin, el egri koʻrgaylar seni,
Egri koʻzgu qayda koʻrsatgay birovni toʻgʻri-sogʻ.
Z. Habibiy.
* * *
Toʻgʻri koʻrguchi yetar poklik ila maqsadga,
Egri koʻrguchi tushibdir tamai xom ichra.
Hofiz Sheroziy.
* * *
Jahonda hammadan toʻgʻrilik aʼlo,
Egrilikdan yomon bormi hech balo.
Abulqosim Firdavsiy.
“Aql aqldan quvvat oladi” (Hikmatli soʻzlar, aforizmlar va maqollar. “Oʻzbekiston” nashriyoti, Toshkent – 1967) kitobidan.
https://saviya.uz/ijod/nasr/togriga-rahmat-degay-el/