TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich

TOʻXTAYEV Azamat Ramziddinovich (1946.25.4, Toshkent) — meʼmor. Oʻzbekiston BA akademigi (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1991). Toshkent politexnika intini tugatgan (1970). Toshkentdagi loyihalash i. t. institutida loyihalovchi, katta meʼmor, loyiha bosh meʼmori, guruh rahbari, direktor (1963 93). Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi «Oʻzinterqurilish» firmasida bosh direktor (1993 — 95), Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1998 — 2000), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi (2000-y. dan).

T. Oʻzbekiston va b. davlatlardagi bir qancha bino loyihalari muallifi: Issiqkoʻldagi dam olish uyi (1968), Qarshidagi musiqali drama teatri (1976), Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasi interyeri (1978). Oʻzbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi binosi (1998 — 2000) va b. «Mehnat shuhrati» ordeni bn mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x