TOʻRTLAMCHI SISTEMA GEOLOGIYASI

TOʻRTLAMCHI SISTEMA GEOLOGIYASI — geologiyaning Yer tarixidagi toʻrtlamchi sistemasi va unga moye keladigan davrini oʻrganadigan boʻlimi. 1920—30 y. larda mustaqil fan sifatida shakllandi.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasining mustaqil fanga ajratilishi uning fanerozoy sistemasi boshqa davrlaridan ancha farq qilishi bn bogʻliq. Toʻrtlamchi davr tarixini qayta tiklashda undan qadimroq boʻlgan sistemalarga nisbatan stratigrafik yotqiziqlarni mukammalroq oʻrganish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, Toʻrtlamchi sistema geologiyasi uchun geomorfologik va palinologik tadqiqotlar oʻtkazish muhim ahamiyatga egadir. Shu bois Toʻrtlamchi sistema geologiyasi Yerning hoz. vaqtdagi koʻrinishini oʻrganuvchi geomorfologik, iklimshunoslik, tuproqshunoslik, zool., botanika, arxeologiya, muhandislik geol. si kabi fanlar bn bogʻliq.

Geol. ga maʼlum boʻlgan izlanish metodlari bn bir qatorda Toʻrtlamchi sistema geologiyasida radiouglerod, termolyuminessent, kriolitologik, paleomagnit, paleoantropologik va arxeologik maxsus metodlardan foydalaniladi.

Toʻrtlamchi davr — odamzod va insoniyatning shakllanish va rivojlanish davridir. Buning eng dastlabki bosqichlari toʻgʻrisida inson moddiy madaniyati qoldiqlari dalil boʻla oladi. Undan toʻrtlamchi davr yotqiziklari stratigrafiyasidan xulosa chiqarish mumkin.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasi vujudga kelishi va rivojlanishiga rus olimlari, P. A. Kropotkin, A. P. Pavlov, S. N. Nikitin, V. A. Obruchev, I. P. Gerasimov, shuningdek, avstriyalik geolog olimlar A. Penk, E. Brikner, nemis olimi P. Voldshtedt, amerikalik olimlar R. Flint, F. Seyner va b. katta hissa qoʻshdilar.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasi masalalari Toʻrtlamchi davrni oʻrganish boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (JNQVA, INKVA, International Union for Qvaternaru research 1932-y. da tashkil qilingan) konfesslari, xalqaro geol. va geogr. kongresslar va b. da muhokama qilinadi. Toʻrtlamchi sistema geologiyasi muammolari maxsus davriy adabiyotlarda yoritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x