TOʻRTKOʻL

TOʻRTKOʻL (1873-1918-y. larda PetroAleksandrovsk) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi shahar, tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Toʻrtkoʻl (4 km). Aholisi 50,8 ming kishi (2004).

T. Amudaryoning oʻng sohilida oʻrnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qad. Toʻrtkoʻl qishlogʻi oʻrnida 1873-y. 13 avg. da qalʼa sifatida barpo qilingan va rus podsholari sharafiga PetroAleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 tanobi (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qatʼiy plan asosida toʻrtburchak (toʻrt gulkvadrat) shaklida qurilgan (T. nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi «Durgil» forsiy «Durri gil» — serxrsil, oltin tuproq maʼnosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qoʻshinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar podsho Rossiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimining siyosiymaʼmuriy va harbiy boshqarmasi karorgoxiga aylantirildi.

1925-y. dan T. Qoraqalpogʻiston Muxtor viloyatining maʼmuriy markazi, 1932-y. dan Qoraqalpogʻiston ASSRning birinchi poytaxti boʻldi. Daryo suvining qirgʻoqni yuvishi natijasida oʻng qirgʻoq yemirilib Amudaryo Toʻrtkoʻlga yaqinlashib kela boshladi. 1925-y. da Amudaryo Toʻrtkoʻldan 8 km uzoqlikda oqib oʻtgan boʻlsa, 1934-y. da suv shahardan atigi 500—800 m naridan oqib oʻta boshladi. 1938—40 y. lar mobaynida daryo qirgʻogʻining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va 1949-y. da shahar yangi joyga koʻchirildi. 1932-y. da Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti Toʻrtkoʻldan Nukusta koʻchirilgan.

Toʻrtkoʻl iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpogʻistonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda «Agromashtaʼmir», paxta tozalash zdi, «Toʻrtkoʻlteks», «Toʻrtkoʻlyogʻ», «Toʻrtkoʻlmoy» qoʻshma korxonalari, temirbeton zdi, «OsiyoToʻrtkoʻl» korxonasi, 2 avtokorxona, Yonbosh suvqurilish, 1qurilish boshqarmalari, 3 qurilish koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, «Nihol», «Navbahor», «Zarafshon», «Orom» kafelari, «Yusupota» choyxonasi, Tantanalar uyi, avtovokzal va t. y. vokzali, madaniyat saroyi, «Yoshlik» madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, markaziy maydonda «Mustaqillik», «Motamsaro ona», «Baynalminal jangchilarga» yodgorliklari mavjud. 11 umumiy taʼlim, biznes, sanʼat maktablari va b., sanatoriy, maktabinternat, tibbiyot, bank, q. x. maishiy xizmat, yengil sanoat kasbhunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. Toʻrtkoʻlda Toshkent iqtisodiyot untining oʻquv konsultativ punkti ishlab turibdi.

Stadion (20 ming oʻrin), markaziy kasalxona (625 oʻrin), tez tibbiy yordam markazi boʻlimi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultatsiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, «Doridarmon» va b. dorixonalar mavjud. Toʻrtkoʻl respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yoʻnalishidagi poyezdlar Toʻrtkoʻl orqali oʻtadi. Havo transporti T. ni Nukus, Buxoro, Samarkand, Toshkent sh. lari bn bogʻlaydi. Elektr energiyasi Taxiatosh issiklik elektr styadan olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x