TOʻQAY MUSHUGI

TOʻQAY MUSHUGI (Felis chaus) mushuklar urugʻiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Uz. 54 — 94 sm, dumi 30 sm cha. Shim. Sharqiy Afrika, Gʻarbiy va Jan.

Sharqiy Osiyo vodiylaridagi chakalakzorlarda yashaydi. Volga deltasi, Oʻrta Osiyo daryo vodiylari (Sirdaryo va Chu), Kaspiy dengizining gʻarbiy qirgʻogʻida, toʻqaylarda (nomi shundan), qamishlar va butalar orasida uchraydi. Ovlanadigan baʼzi hayvonlar va qushlarni yeb, zarar keltiradi. Quloqlari uchida kalta tutam yungi bor. Sidirgʻa sariqkulrang tusda, tanasining osti ochiqroq rangda. Moʻynasi past sifatli. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x