TOʻGARAK OGʻIZLILAR (Cyclostomata) — jagʻsizlar katta sinfi ga mansub suvda yashovchi tuban umurtqali hayvonlar sinfi. Ilonbaliqqa oʻxshash tanasi shilimshiq ajratuvchi hujayralarga boy qalin teri bilan qoplangan. Skeleti togʻaydan iborat. Juft suzgich qanotlari yoʻq. Jabra orqali nafas oladi. Voronkasimon ogʻzini (nomi shundan) halqa togʻay tutib turadi; tishi muguzdan iborat; tili parmalovchi. Hid bilish organi xaltasimon. Bosh miyasi barcha umurtqalilarga oʻxshash boʻlimlardan iborat. Ayirish organlari — mezonefros buyraklar. Jinsiy bezlari toq, maxsus yoʻli boʻlmaydi. Tuxumlari suvda urugʻlanadi. Toʻgarak ogʻizlilar — balikdar yirtqichi yoki ektoparaziti. 2 turkum: minogalar va miksinalarta boʻlinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые