TOʻFON

TOʻFON, dovul — 1) Bofort shkalasi boʻyicha kuchi 12 balli, yaʼni tezligi 35 m/sek. dan ziyod, Yer atmosferasidagi eng kuchli shamollarpan. Toʻfon binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi; dengizlarda kuchli toʻlqin hosil qilib, kemalar suzishini qiyinlashtiradi, halokatlarga ham olib kelishi mumkin. Toʻfon, odatda, serharakat siklonlar bn bogʻliq vujudga keladi. Baʼzan kuchli quyun tarzida roʻy beradi;

2) yahudiy, xristian, islom dinlarining ilohiy kitoblarida nakl etilgan olamni suv bosishi. Bu hodisa osiy bandalarga xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida taʼkidlanadi. Qurʼonning bir necha oyatlarida bu voqea Nuh paygʻambar davrida sodir boʻlgani qayd etilgan. Bu naqlda mil. av. 3ming yillikning oxirida Mesopotamiyayaa yuz bergan ulkan suv toshqini aks etgan boʻlishi mumkin (yana q. Nuh).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x