TIYUL

TIYUL, tiul (qad. turkiycha tegmak feʼlidan) — Eron, Ozarbayjon va Armanistonda yer egaligi shakli (15 — 19-a. lar). Movarounnahrda tanho deb atalgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, harbiy arboblarga oziq-ovqat uchun berilgan maosh T. deb atalgan. 16-a. da Safaviylar davlatipya davlat xizmatchilariga maʼlum hududdan soliq (toʻliq yoki qisman) olish huquqi berilishi Tiyul deb atalgan. 16-a. ning 2yarmidan Tiyul yerni inʼom etish maʼnosida tushunilgan. Tiyul baʼzan maʼlum mansabdorlarga ularning muayyan xizmatni bajarib turgan davrlari mobaynida, boshqa hollarda esa shaxsiy xizmati uchun umrbod berilgan. 18-a. da shaxsiy Tiyullar amalda merosiy mulkka aylanib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x