DO`STLARGA ULASHING:
Qahva, choy va shokolad tish qoplamasini qoraytirishini hamma yaxshi biladi. Amerikalik olimlarning fikricha chiroyli tabassum yaxshi ish topish imkoniyatini o‘ttiz foizga kengaytiradi. Erkaklarning yaqin oltmish foizi birinchi navbatda tabassumga baho beradi. Bunda tishlarning tiniqligi katta ahamiyatga ega. Quyidagi mahsulotlar tish qoplamasini tabiiy ravishda oqartirishga yordam beradi.
Xom sabzi va olma tish qoplamasidagi dog‘larni yo‘qotish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, ular og‘iz bo‘shlig‘idagi qon aylanishini ham yaxshilaydi.
Qulupnay tarkibida noyob ksilit moddasi bor. U tabiiy shirinlashtirgich, lekin shakardan butunlay farq qiladi: ksilit tish qoplamasiga ziyon yetkazmaydi, qatlam hosil bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bakteriyalarni o‘ldiradi, tishni mustahkamlaydi va oqartiradi.
Sitrus mevalar so‘lak ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Agar so‘lak yetarlicha bo‘lsa, tishlar kariyesdan saqlanish uchun zarur minerallarni yaxshi qabul qiladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/tishlarni-oqartirishga-yordam-beruvchi-mahsulotlar/