TIRITAKA (yun. Tyritake) — Bospor podsholigi shahri. Pantikapey (hoz. Kerch)dan jan. da joylashgan. Mil. av. 6-a. da yunonlar tomonidan asos solingan. Mil. 1 —3-a. larda yirik baliq ovlash markazi. Arxeologik qazishlar natijasida shahar mudofaa devorlari, turar joy qoldiklari, xoʻjalik va maishiy buyumlar va b. topilgan. Mil. 4-a. ning 2yarmida Tiritaka aftidan gunnlar hujumi oqibatida vayron boʻlgan, biroq, undagi hayot ilk oʻrta asrlarga qadar davom etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые