TIRIK TUGʻISH

TIRIK TUGʻISH, vivipariya hayvonlarda nayel qoldirish xili. Tirik tugʻishda embrion ona organizmida rivojlanadi, odatda, yoʻldosh orqali bevosita uning xisobidan oziklanadi va onadan birmuncha rivojlangan, tuxum pustidan xalos boʻlgan bola holida tugʻiladi. Tirik tugʻishning aksi, tuxum tugʻish hisoblanadi. Tirik tugʻish va tuxum tugʻish tarixiy oʻzaro bogʻliq; buning dalili sifatida tuxumdan Tirik tugʻish mavjudligini koʻrsatish mumkin. Tirik tugʻishda murtak urgochi organizm jinsiy yoʻllarida, bachadon (jinsiy yoʻllarning kengaygan qismi) da yoki jinsiy qinda rivojlanadi. Koʻpchilik hayvonlarda murtak sirtida murtak qobigʻi (xaltasi) hosil boʻladi. Ayrim boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, onixoforalar, baʼzi boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar, mollyuskalar, xordalilardan salplar, koʻpgina akulalar, lappak baliklar, baʼzi karptishlilar, qurbaqalar, toshbaqalar, kaltakesaklar va ilonlar, koʻpchilik sut emizuvchilar (yexidna, proyexidna, oʻrdakburundan tashqari) va odam uchun xosdir. Baʼzi oʻsimliklar ham tirik tugʻadi (yana q. Tirik tugʻuvchi oʻsimliklar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x