TIPRATIKANLAR

TIPRATIKANLAR, kirpilar (Erinaceidae) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumi oilasi. Oyoqlari koʻpchiligida 5 barmokli; lyuqori, baʼzan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga oʻxshash. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli Tipratikanlar gavdasi sharsimon shaklga kiradi. 12—15 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi: qulokdor Tipratikanlar, kora ignali Tipratikanlar uchraydi. Qulokdor Tipratikanlar (tanasi 15—19 sm, kulogʻi uzun, korni mayin oq jun bilan qoplangan) Oʻzbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali Tipratikanlar (tanasi 22—27 sm, dumi 23—37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) Oʻzbekiston jan. da — Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdankam oʻsimlik mahsulotlari bilan oziklanadi.

Q. x. zararkunandalari— hasharotlarni yeb fonda keltiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x