TIPOMETRIYA (tip va…metriya) — matbaada bosma qoliplari (shrift, probel materiallar va b.) elementlarini oʻlchash tizimi. Tipometriya asosida 1/72 dyuym (0,376 mm)ga teng bosmaxona punkti yotadi; yirik elementlar kvadratda oʻlchanadi. Liter, qator, probel (oraliq) materiallarning chiziqli oʻlchamlarini aniklashda ishlatiladi. Punkt bilan kvadrat oʻrtasida oraliq birliklar bor: nonparel (1/8 kvadrat), petit (1/6 kvadrat), sitsero (1/ 4 kvadrat) va b.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые