Tinib-tinchimagan it

Ardoqli shoirimiz Erkin Vohidov oʻtkir-oʻtkir asarlarining orqasidan eski tuzumning tazyiqlariga uchragani, necha-necha tanqidlarga duchor boʻlgani koʻpchilikka maʼlum. U kishi bunday gʻala-gʻovurlarga parvo qilmayotgandek boʻlib yursa-da, yuragiga maʼlum darajada jarohat yetganini baʼzi bir soʻzlaridan payqab olish qiyin emasdi.

Ijodiy safarlardan birida ustoz bilan bitta xonada tunaydigan boʻldik. Vaqt yarim kechadan ogʻib boryaptiki, tashqarida bir koʻppak tinimsiz vovullayverdi. Shunda Erkin aka bosiq tovushda asta soʻz qotdi:

– Qiziq! Bu halovatsiz it qaysi arslonning kitobini tanqid qilyaptiykin?!

 

Anvar OBIDJON

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/tinib-tinchimagan-it/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x