TINCH OKEAN

TINCH OKEAN, Buyuk okean Dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan Yer sharida 1oʻrinda. Tinch okean gʻarbdan Yevrosiyo va Avstraliya, sharqdan Shim. va Jan. Amerika, shim. dan Chukotka va Syuard ya. o. lari oʻrtasidagi yoʻlak, jan. dan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km2, dengizlarsiz 148,3 mln. km2, suvining hajmi 710 mln. km3. Oʻrtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi) . Qirgʻoklarining aksari qismi fyord tipli va yemirilgan, gʻarbdagi tropik kengliklarda marjonli, baʼzi joylari toʻsiq rifli. Antarktida dagi qirgʻoklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, koʻproq, Tinch okeanning shim. gʻarbiy va gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: Bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, Sariq va Jan. Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo Oʻrta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: Marjon va Tasman dengizlari, jan. da Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari.

Tinch okean orollarining koʻpligi (taxm. 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km2) boʻyicha okeanlar oʻrtasida 1 oʻrinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, Yangi Zelandiya T. o. ning gʻarbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi Shim. va Jan. Amerika qirgʻoqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va b. orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. Tinch okeanning markaziy va jan. gʻarbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi.

Relyefi va geologik tuzili sh i . T. o. tubi tektonik jihatdan oʻziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu yerda vulkan, suv osti togʻi va atoll koʻp. Tinch okean hamma tomondan harakatdagi vulkanlari boʻlgan burmali togʻlar bilan oʻralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan Tinch okean tubi relyefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha boʻlgan shelf (uz. 800 km gacha) Bering, Sharqiy Xitoy, Jan. Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida boʻlib, marjon qurilmalari koʻp, ular sharkdan dunyoda eng yirik Katta Toʻsiq rifi bilan oʻralgan. Shim. va Jan. Amerika qirgʻogʻi yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha oʻn km). Materik yon bagʻirlari tik, koʻpincha zinapoyasimon, kanʼonlar (Monterey, Bering) bilan oʻyilgan. Tinch okeanning Alyaska ya. o. dan Yangi Zelandiyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), KurilKamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. T. o. ning chegarasida yirik koʻtarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha boʻlgan Shim. Sharqiy, Shim. Gʻarbiy, Markaziy, Jan. Peru va h. k.) mavjud. Tinch okeanning yirik relyef strukturasi — Sharqiy Tinch okean koʻtarilmasi Dunyo okeani oʻrtaliq togʻ tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti togʻ sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: Layn, Gavayi, Shim. Gʻarbiy, MerkusNekker va b. T. o. ning sharqiy qismini va Sharqiy Tinch okean tizmasini juda koʻp yoriqlar zonasi kesib oʻtgan.

Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2—3 km, bu esa Tinch okeanni eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500—5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okean gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganes gʻuddalari va b. uchraydi.

Gidrologik rejimi. Tinch okeanning katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻtadil iklim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shim. dan jan. ga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilmaxil. Tinch okean ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shim. Tinch okean, Jan. Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shim. oʻrtacha va jan. yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shim. sharkiy, jan. da jan. sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanning shim. qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha trasi ekvatorga yaqin joylarda fev. da 26—27°, avg. da 26—28°, Bering boʻgʻizida fev. da —20°, avg. da 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fev. da —10°, avg. da —25°. T. o. da yogʻin mikdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000 — 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200—300 mm).

Tinch okeanning shim. qismida iliq Shim. Passat — Kurosio va Shim. Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shim. dagi moʻtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okean ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim T. o. ni gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150—300 m. sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning jan. da Jan. Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi.

Suvning shoʻrligi shim. va jan. subtropik kengliklarda 35,5%o boʻlib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shim. moʻtadil kengliklarda 30 — 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm3 dan 1027 kg/sm3gacha) oshib boradi.

Tinch okean suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada (Alyaska qoʻltigʻida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon o. lari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol taʼsirida kuchli toʻlqinlar, yer qimirlash taʼsirida sunami (50 m gacha) boʻladi.

Muzlar Tinch okeanning shim. gʻarbiy (Bering, Oxota, Yapon, Sariq) dengizlarida va Alyaska qoʻltigʻi shim. da qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil boʻladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori jan. kengliklarda qishda 61—64° j. k., yozda 70° j. k. da koʻp boʻladi. Yoz oxirida aysberglar 46—48° j. k. da ham uchraydi.

Oʻsimliklari va hayvonot dunyosi. Tinch okeanning flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi maʼlum. Shelf zonasida turlituman qoʻngʻir, fukus, laminar suvoʻtlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va b. organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, moʻtadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shim. moʻtadil va jan. yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va b., morj, laxtak, sivuch, qisqichbaqa, krevetka, ustritsa, boshoyokdi mollyuskalar juda koʻp. Tinch okean faunasining aksari qismi endemik.

Tadqiq qilinish tarixi. Tinch okeanni oʻrganish tarixi 3 davr: qad. sayohatlardan 1804-y. gacha, 1804-y. dan 1873-y. gacha va 1873-y. dan keyingi davrni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Yer sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi oʻrganilgan. Tinch okeanning chegaralari, boshqa okeanlar bilan bogʻliqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni oʻz ichiga olgan. Ikkinchi davrda Tinch okean suvining fizik xossalari, chuqur joylari oʻrganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspeditsiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida Tinch okean tubining relyefi mukammal oʻrganildi, yangi barimetrik va dengiz navigatsiyasi xaritalari yaratildi. Tinch okean davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspeditsiyalar tomonidan yanada chuqurroq oʻrganilmoqda.

Iqtisodiy geografik ocherk. T. o. ning jahon xoʻjaligida tutgan oʻrni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xoʻjaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yoʻllari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini Tinch okeanga toʻgʻri keladi. Eng koʻp ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabugʻasi, tuneslar, kambalasimonlar. Okeanning shim. gʻarbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi toʻplangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. Tinch okean turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va b. ning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga toʻgʻri keladi. Tinch okean havzasida baliq ovlash boʻyicha bir necha xalqaro konvensiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan.

Rutil va sirkonning jahon boʻyicha eng yirik konlari Tinch okeanda Avstraliyaning sharqiy va jan. sharqiy qirgʻoqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar Shim. Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha boʻlgan gʻarbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan.

Sharqiy Osiyoda, titanmagnetitli qumlar Yaponiyaning qirgʻoq boʻyi qismida joylashgan. Alyaskaning sohilboʻyidengiz qismi oltin va platinaga boy. Tinch okeanning chuq. 3000 m dan ziyod boʻlgan qismida, asosan, 6° va 20° shu kabi va taxm. 180 va 120° gʻ. u. oraligidagi mayd. 6 mln. km2 ga teng zonada temirmarganes konkretsiyalarning yirik konlari bor. Okeanda 120 dan ortiq neft va neftgaz konlari razvedka qilinib, 70% ishga tushirilgan. Asosiy neftgaz rni — Kaliforniyaning jan. shelf qismi, Kuk, Guayakil qoʻltiklari, Yaponiyaning garbiy shelf qismi, Boxayvan qoʻltigʻi, Base boʻgʻozi, Malay arxipelagi, Yangi Zelandiya, Bruney, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Peruda. Yaponiya qirgʻoqlari yaqinida okeandan toshkoʻmir olinadi.

Tinch okean okeanda tashiladigan yuklar hajmi va ularning oʻsish surʼati boʻyicha 2oʻrinda. Okeanda eng koʻp neft, yogʻoch materiallar, metall rudasi, oziq-ovqat mahsulotlari tashiladi. Eng muhim transport yoʻllari AQSH va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bogʻlaydi. Suv yoʻli orqali Yaponiyaga toshkoʻmir, oʻrmon mahsulotlari, bugʻdoy, ruda va b. yuklar olib boriladi, orqaga avtomobil, elektr apparaturalari, matolar, baliq tashiladi. AmerikaAvstraliya yoʻnalishida ham katta hajmda yuk ortilgan kemalar qatnaydi. Jan. Amerika mamlakatlarini AQSH va Kanadaning Tinch okean va Atlantika okeani (Panama kanali orqali) portlari bilan bogʻlovchi yoʻnalish boʻyicha qora va rangli metall rudalar, selitra va b. xom ashyo, kon sanoati uchun mashinalar, dastgoxlar tashiladi. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Vonsan (KXDR), Tyanszin, Shanxay, Guanchjou (Xitoy), Yokoxama, Kavasaki, Tiba, Kobe, Osaka, Tokio (Yaponiya), Xayfon, Xoshimin (Vyetnam), Syangan (Syangan), Singapur (Singapur), Sidney, Melburn (Avstraliya), Uellington (Yangi Zelandiya), Vankuver (Kanada), LosAnjeles, SanFransiskoOklend, Sietl, Portlend (AQSH), Kalyao (Peru), Uasko (Chili).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x