TILLAKOʻZLAR

TILLAKOʻZLAR (Chrysopidae) toʻrtqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Koʻzi boʻrtib chiqqan, tillasimon yaltiraydi (nomi ham shundan), moʻylovlari ingichka, uzun, qanoti yoyilganda 4 sm gacha. Tuxumini oʻsimlikning bargi va poyalariga qoʻyadi. Yer sharining Yangi Zelandiyadan boshqa hamma qismida uchraydi. Xarakterli vakili — oddiy tillakoʻzning tanasi 1 sm gacha, yashil tusda. Lichinkalari yirtqich, har xil oʻsimliklar orasida yashab, shira biti, koksidlar, tripslar va kanalarning yosh lichinkalari hamda hasharotlarning tuxumi bilan oziqlanadi. Tillakoʻzlardan oʻsimliklar zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x