TILLAKOʻZ PASHSHALAR

TILLAKOʻZ PASHSHALAR (Chrysops) — soʻnalar oilasiga mansub pashshalar urugʻi. Uz. 1—2 sm. 200 tacha, jumladan Oʻzbekistonda 7 turi maʼlum. Koʻpchilik turlari oʻrmon mintaqasi uchun xos (ayniqsa Sibirda koʻp uchraydi). Lichinkalari, asosan, suv havzalari qirgʻogʻida yashab, organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi yirik sut emizuvchilar qonini soʻradi; erkagi gul shirasi bilan oziklanadi. Tillakoʻz pashshalar uy hayvonlari va odamlarga tulyaremiya, kuydirgi va b. kasallik qoʻzgʻatuvchilarini yuqtiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x