Tilak Joʻra (1947–1994)

Hassos shoir, tarjimon va adabiyotshunos Tilak Joʻra oʻtgan asrning 70-yillarida adabiyotga kirib keldi. U qisqa, ammo sermazmun umr kechirdi: yorqin, haroratli sheʼrlari bilan kitobxonlar hurmatiga sazovor boʻldi.

Tilak Joʻra 1947 yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanidagi Sayyod qishlogʻida tugʻildi. 1956–1966 yillarda oʻrta maktabda, 1966–1972 yillarda hozirgi Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi. 1978–1981 yillarda aspiranturada tahsil oldi. 1970 yildan umrining oxiriga qadar universitetning tarjima nazariyasi kafedrasida talabalarga tarjima ilmidan saboq berdi. 1986 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi.

Shoirdan “Rayhon” (1977), “Olam ostonasi” (1980), “Yulduzlar tabassumi” (1981), “Chorrahadagi uy” (1983), “Sanduvoch” (1983), “Ruhiyat” (1990), “Saraton” (1991) nomli yetti sheʼriy kitob qoldi. Rus, turk, ozarbayjon, arman, fransuz sheʼriyatidan qilgan tarjimalari, “Hozirgi turk sheʼriyati”, “Nozim Hikmat va Oʻzbekiston” singari ilmiy asarlari bosilib chiqdi.

Tilak Joʻra oʻz ijodida tabiat manzaralarini, mehridaryo, halol, mehnatkash qishloq odamlarining oʻy-kechinmalarini, orzu-umidlarini ehtirosli misralarda, yorqin timsollarda aks ettirgan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/tilak-jora-1947-1994/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x