Til haqida maqollar va hikmatli so’zlar to’plami

Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
So’z kaltada,
Un xaltada.
Suyaksiz til suyak sindirar.
So’z ko’rki — maqol.
So’z ojizi bo’lguncha,
So’z emgak bo’lar,
Bo’z — ko’ylak.
So’zda qanquv yomon,
Dardda — sanchuv.
So’zdan so’zning farqi bor,
O’ttiz ikki narxi bor.
So’zdan so’z chiqar,
So’zlamasang na chiqar.
So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq,
So’zlab edim, boshimga tegdi tayoq.
So’zning yomoni — sanchiq,
Dardning yomoni — quyonchiq.
So’zning onasi — quloq,
Suvning onasi — buloq.
Tayog’i yo’g’on birni urar,
So’zi yo’g’on mingni urar.
Til — dil kaliti.
So’z oyoqdan ilgari borar.
So’zi nodurustning o’zi nodurust.
So’zni bir ezmadan so’ra,
Bir — kezmadan.
Tanballik — kulfat,
Mahmadanalik — ofat.
Taom lazzati o’zida.
Odam lazzati — so’zida.
Til yugurigi — boshga,
Oyoq yugurigi — oshga.
Til yaxshisi bor etar,
Til yomoni xor etar.
Tilingda bo’lsa boling,
Kulib turar iqboling.
El bor yerda so’z bor.
Uzun til — umr zavoli.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
Tilga e’tibor — elga e’tibor.
Tig’ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
Tilni bog’la dil bilan,
Dilni bog’la til bilan.
Tuzsiz oshning epi oson,
Tuzsiz gapning epi qiyin.
Uzun til — boshga to’qmoq,
Bo’yinga — sirtmoq.
Chin so’z — mo’tabar,
Yaxshi so’z — muxtasar.
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.
Toza suvni yer olar,
Yaxshi so’zni el olar.
Shirin so’z — qaymoqli ayron,
Achchiq so’z — bo’yniga arqon.
Til tig’i qilich tig’idan o’tkir.
Fil ko’tarmaganni til ko’tarar.
Til — dil tarjimoni.
3.7 22 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x