TIL BAYRAMI
1.BOSHLOVCHI. Assalom davrimiz allomalari
Ustoz murrabiy-piri komillar
Assalom qalblarda quyosh uyg`otib
Ongimiz ko`ksida quyosh bo`lganlar.
2.BOSHLOVCHI. Xurmatli qadrdon ustozlarga
Tonglarni qarshilab otashin salom.
Bizning T.I.X.Q.kolleji talabalariga
Kichik xuquqshunoslardan salom assalom
1.BOSHLOVCHI. Assalomu alaykum davramizning ko`rki latofati
xayotimizning mazmuni bo`lgan aziz ustozlar.
2.BOSHLOVCHI. Assalomu alaykum TIXQkolleji talabalari- kelajagi buyuk elning fidouylari mani bugun biz azizlar bilan birga ona tilimiz bo`lgan o`zbek tilining qutlug` bayramini yani tilimiz davlat tili xuquqini olgan sanani
nishonlash uchun yig`ildi
1.BOSHLOVCHI. Bayraming muborak bo`lsin Onajonim-jonajonim tili.
2.BOSHLOVCHI.Bayraming abadiy bo`lsin elu yurtim yuragi-Onajonim tili.
- Keksa qayrag`ochning ildizin ochib
Tortdilar qo`sh arqon solib belidan
Lekin u tuproqqa panjasin sanchib
Sira qo`zg`almasdan ungan eridan
Nixoyat chars etib erga quladi
Butab so`ng ko`tarib ketdilarbiroq
U o`z panjasida olib jo`nadi
Yashagan eridan bir siqim tuproq.
Darxaqiqat bu ulug` qayrag`ch aziz o`zbegim mening burro-burro bulbulugo`yo shirin zabonim seni 70 yil butadilar ey mening ildizi chuqur
Otgan metin tomir Ona Vatanim. Sen shunchalar sadoqatli ekansanki selu
Bo`ronlarda xam quyosh nurini olib ko`kka bo`y cho`zding. Va nixoyat 1989 yil 21 oktabrda ona tilimizga Davlat maqomi berildi . Xa sen yana qayta tug`ilding ona tilim onajonim tilim.
2.BOSHLOVCHI. Ona tilim jonajonim tili bu
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa
Ona tilim xonumonim tili bu
Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa
Avloddan-avlodga meros qoladigan asosiy boylik-bu tildir.Ona tili bor ekan
Vatan bor , xalq bor. Xalqning umr o`lchovini til belgilaydi. Dunyodagi bor
Go`zallik va sexrni ona allasini eshitmoqlik baxti til bag`ridadir. Tilni asrab
-avaylash xar bir kishining insoniylik burchidir . SHukrlar bo`lsinki , Respublikamizga o`z ona tilimiz – o`zbek tiliga Davlat tili berildi. Bu o`zligimizni topishga olib keldi , kelgusida o`zbek tilining yanada taraqqiy etishiga yo`l ochmoqda . Xar bir inson o`z ona tilini mukammal egallashi xam qarz , xam farz, chunki tiliga etibor-elga etibordir.
1.BOSHLOVCHI. Kelib-ketdi necha dunyolar
Keldi xayot, yig`ladi o`lim
“Sen” deb qurbon bo`ldi bobolar,
Ular krtdi, sen qolding tilim.
2.BOSHLOVCHI . Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda tutib xasrat sasini
Olib ketdi ona yurtingdan,
O`zbek tili birgina seni
1.BOSHLOVCHI . Azizlar , “Moziyga qaytib ish ko`rish xayrlidir” deb
yozgan edi buyuk yozuvchi , o`zbek tilining moxir ustasi A.Qodriy.
SHu maqsadda bugun , qutlug` ayyomida o`tmishimizga bir nazar tashlashni joiz topdik.
Tarixingdir ming asrlar ichra pinxon “O`zbegim “ qo`shig`ini boshlanishi fonida saxnaga Amir Temur va Saroy Mulkxonim kirib kelishadi.
Amir Temur:
Biz kim millatlarning eng qadimiy va eng ulug`I,
Turkning bosh bo`g`inimiz
Assalom buyuk xalqim.
Istiqloling muborak , o`zliging muborak.
Alxamdullox tangri taolloning yordami , mamuriy olamini shunday zabt
Etdimki , butun Turon zaminida adolat va ozodlik dasturim bo`ldi . Millatning ulug` martabasini , saodatning saqlamoq , millat dardlariga darmon bo`lmoqlikni vazifam deb bildim. Saltanatdagi olimu fozillarga
Ularning bebaxo ilm-xazinalariga ko`p muruvvatlar ko`rsatdim. CHunki
Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan xam uzoqroq yashaydi. Sizlarning bugungi ulug` bayramingizga biz xam uzoq o`tmishdan ayyomingiz muborakbod etgani keldik.
Saroymulkxonim:
Nazm mulkning sultoni mavlono Alisher Navoiy xuzuringizga kirishga ruxsat so`raydi.
Amir Temur: Xurmat extirom ila u kishini xuzurimizga taklif qiling.
“GHo`lu iroq kuyi” fonida Navoiy saxnaga taklif etiladi.
A.Navoiy:
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro` kelmadi.
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Laxza-laxza chekdimu chiqdim yo`liga intizor
Keldi jon bo`g`zimgayu ul sho`xi badxo` kelmadi.
Ul parvarish xajridankim yo`g`ladim devonavash
Kimsa bormikin anga ko`rganda kulgu kelmadi.
Ey Navoiy , bodi birlo xurram et ko`ngil uyin.
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.
Navoiy bunyod etgan besh bebaxo dostonning jamuljami-o`lmas “Xamsa”
Mana qo`limda 5 asr muqaddam buyuk Alisher ona tilimizga , qadimiy adabiyotimizga ilk marotaba beqiyos xaykal o`rnatdi, bashariyat istedodidan abadiy nishona inson tafakkurining oily gultoji “Xamsa “ dunyoga keldi . Alisher davr zanjirlarini o`zining qudratli dostonasi “Xamsa” si bilan o`zib xalqimizni ezozladi, o`lmas merosi etti iqlimga etdi.
Saroymulkxonim: Xind elidan vatondoshimiz Bobur Mirzo tashrif buyurmushlar.
Amir Temur: Bobur Mirzoni xuzurimizda ko`rmaklikdan g`oyat shodmiz.
Bobur Mirzoni “Qoldimu” g`zali bilan saxnaga kirib keladi.
CHarxing men ko`rmagan jabru jafosi qoldimu?
Xasta ko`nglim chekmagan dardu balosi qoldimu
Meni xor etti-yu qildi muddaig`a parvarish
Daxri dunparvarning o`zga muddaosi qoldimu
Meni o`lturdi jafou javr birla ul quyosh,
Endi turgizmak uchun mexru vafosi qoldimu
Oshiq o`lg`och ko`rdim o`lumni o`zimga , ey rafiq
O’ztga ko’nglimning bu olamda xarosi qoldimu?
Ey ko’ngil, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb
Tengi uchun der bu olamning safosi qadimu?
Amir Temur: Barakalla Bobur Mirzo Barakalla
Bobur Mirzo qo’lidagi “Boburnoma” asarini Amirga topshirdi.
Qo’shiq
She’riyat osmonining yorqin yulduzlari jahon otin Uvaysi-yu, Nodirabegimlar xuzuringizga tashrif buyurmishlar
Temur shunday ulug’ bayram kunida, o’zbek she’riyatini eshitmaklik biz uchun katta bahtdir.
(Musiqa sadolari ostida sahnaga Uvaysiy va Nodiraga na’zm ila kirib keladilar) (Uvaysiy g’azal o’qiydi)
Uvaysiy:
Mehnatu olamlarga mubtalo Uvaysiyman
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman
Izladim bu olamni, topmadim vafo ahli
Barchadin yumib ko’zni muddao Uvaysiyman
Kechalar fig’onimdan, tinmadi kavvobiylar
Arzi to samo uzra mojaro Uvaysiyman
Nodira:
Men haqda bezovta bir jon o’tdi deb
Bir jonda ming bitta imkon o’tdi deb
Imkonlarni pinhon bir shon o’tdi deb
G’urur, or mulkida sulton o’tdi deb
Ortimdan o’rtanib kuyuvchi bo’lgin
Jonon piyolaning jarangi bo’ldim
Naqadar go’zal g’azallar, ammo ularning she’rlari buncha g’amgin , buncha nolali.
Amirim , shoiralarning nolishlari zamonasiga hamohangdir, lekin sizning kichik evara, chevaralaringiz borki ular XI asr avlodlaridir.
Ijozatingiz bilan ularning erk, ma’rifat, baht, saodatini, zavq-shavq bilan madh etishlarini tinglasdak
Bajonudil!
Sahnaga zamondosh soirlar kirib kelishadi:
Borakallo Borakallo
Saltanattadagi olimu, fozillarga ularning bebaho ilm xazinalariga ko’p muruvvatlar ko’rsatdim. Bugun jajji ajdodlarimiz shunday muhtasham qasrlarda ilm olish bahtiga muyassar o’g’loni ko’rib boshim ko’kka yeti
Aziz nabiralarim: Sizlarga yagona tilagim ilm istang
Alp o’g’lonlari o’lkasi bu ko’hna Turon
Qalqonlari , qanotlari ilm istang
Yarin jahon bunyd etgan Sohibqiron
Alisherning avlodlari ilm istang
Tahtdan tushganda ham otdan tushmagan
Ajdodingiz qurmagan-davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida tog’lar surgan
Rustamlari, Farhodlari ilm istang
Ko’z ochganda kezib yeti bahra ummon
Yetti tilda so’ylashgan biz tili biyron
Vatanida Tojmahallar tiklar sulton
Boburlari Behzodlari ilm istang
Haq yo’li siz limning ummatlari
Halq yo’lida hidiyati himmatlari
Madad bo’lsin Yassaviyning hikmatlari
Bobo mashrab bayotlari ilm istang
Ilm istang yuzingizdan ibrat bo’lsin
Ihlosingiz shahtingizdan shiddat yog’sin
Ortingizdan mag’rur-mag’rur millat yog’sin
Mulki turon najodlari ilm istang
(Qo’shiq bilan sahna ko’rinishi tugaydi)
1-boshlovchi: Shunday qilim Ona tilim-jonu dilim tadbiri ishtirokchilari va bayram dasturini tayyorlagan talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz, e’toboringiz uchun rahmat.