TIKUVCHILIK — kasbhunar turi; kiyimkechak: koʻrpatoʻshak va b. buyumlarni tikish kasbi. Tikuvchilik vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalklarning moddiy va madaniy saviyasi, ikGʻshm sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urfodatlari zaminida taraniy etgan (q. Kiyim). Arxeologik qazishlar natijasida jaxrnning turli mamlakatlari hududidan topilgan Tikuvchilik vositalari, kiyimkechak va uyroʻzgʻor buyumlari bu kayebning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, oʻziga xos taraqqiyot bosqichlarini oʻtaganligini koʻrsatadi. Tikuvchilik buyumlari dehqonchilik bilan shugʻullanadigan xalklarda koʻproq oʻsimlik tolalaridan toʻqilgan gazlamalardan, chorvador xalklarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan.
19-a. gacha barcha xalklarda, jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlarida ham Tikuvchilik ishlari qoʻlda bajarilgan. Baʼzi sohalarda bu kasb namunalari yuksak sanʼat darajasiga koʻtarilgan (mas., gulkoʻrpa, zarbof toʻn, choyshab, jiyak va h. k.). Turli davrlarda Tikuvchilikdan mustaqil kasb sifatida etikdoʻzlik, mahsidoʻzlik, poʻstindoʻzlik, doʻppidoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchshshk va b. koʻplab kasb turlari ajralib chiqqan. 19-a. 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida Tikuvchilikda maxsus tikuv mashinalari keng qoʻllanila boshladi, keyin boshqa hududlarga, shu jumladan, Oʻzbekistonga ham tarqaldi (q. Tiku v mashinasi). Tikuvchilik taraqqiyotining hamma davrlarida bichiqchilik uning ajralmas qismi boʻlgan. Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda Tikuvchilik hunarmandchilikdan yengil sanoatning yirik tarmogʻiga aylandi. Zamonaviy texnika bilan uskunalangan korxonalar tashkil etildi, mahalliy tikuvchi, kosib va b. hunarmandlar Tikuvchilikning yangi texnikasini oʻzlashtirdilar (q. Yengil sanoat).