TIGRE

TIGREsom tillari oilasining efiopsom tarmogʻiga mansub til; Eritreya va Sudan davlatlarida tarkalgan. Unda 1,2 mln. dan ortiqroq kishi soʻzlashadi. Asosiy laxjalari: mensa, bogos, loggo va b. Fonetika va morfologiya sohasida som tillariga xos umumiy xususiyatlarni saklab qolgan boʻlsada, bir qator tovushlarning yoʻqolishi, pozitsiyasi va talaffuzining oʻzgarishi, ayrim yuklamalarning paydo boʻlishi bilan ajralib turadi. Morfologiyasining asosiy belgilaridan biri otlarning fleksiya orqali hosil boʻladigan siniq koʻplikning juda koʻp qoliplari mavjudligidir. Yozuvi toʻliq shakllanmagan, baʼzi zarur hollarda efiop yozuvidan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x