TIGRAN II

TIGRAN II — Buyuk — Armaniston podshosi (mil. av. 95—56). Hukmronligining dastlabki davrida Sofena, Atropatena, Midiyaning gʻarbiy qismini saltanatiga qoʻshib olgan. Kavkaz Albaniyasi va Iberiya shoxlari unga tobe boʻlganlar. T. II Pont podshosi Mitridat VI bilan harbiy va siyosiy ittifoq tuzib, qarindoshchilik rishtalarini bogʻlagan, soʻngra salavkiylarning Suriyadagi yerlarini egallab olgan. Oront daryosi boʻyidagi Antioxiya sh. esa, Armaniston poytaxtlaridan biriga aylangan (boshqa poytaxt shaharlar — T. II asos solgan Tigranakert va Artashat). Mil. av. 69 y. T. II qoʻshinlari Tigranakert yaqinida Rim sarkardasi Lukull boshchiligidagi qoʻshin tomonidan tormor keltirilgan. 66 y. T. II Rim vassaliga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x