TIGLATPALASAR

TIGLATPALASAR (ossuriycha TukultiapalEsharra) — Ossuriyadagp shohdar nomi. Eng mashhurlari: T. I (mil. av. taxm. 1076-y. v. e.) — shoh (mil. av. taxm. 1114 — mil. av. taxm. 1076). Nairi (Urmiya va Van koʻllari atrofi), Kichik Osiyo, Suriya, Finikiyaga bir necha zafarli yurishlar qilgan, Bobil bilan tengma teng kurash olib borgan. Ossuriyaga bostirib kirgan oromiy qabilalarini Frot daryosi ortiga surib chiqargan. T II (mil. av. 727 v. e.) — shoh (mil. av. 745—727). Mamlakatdagi ichki ahvolni turgʻunlashtirishga qaratilgan islohotlar oʻtkazgan: noibliklarni yiriklashtirib, noiblarni markaziy hokimiyatga boʻysundirgan, shoh qaramogʻida boʻlgan muntazam yollanma qoʻshin tuzgan va b. Ossuriyaning bosqinchilik siyosatini davom ettirgan. Gʻarbda 743—740 ydarda suriyalik, finikiyalik va Kichik Osiyodagi hukmdorlarning Arpad koalitsiyasini tormor keltirgan, 734—732-y. larda Damashq va Isroil podsholiklari, Tir, Filistim sh. lari, Arabiston ya. o. dagi knyazliklar va Edomni birlashtirgan koalitsiya ustidan gʻalaba qozongan. 737-y. Gʻarbiy Midiyada oʻrnashib olgan. Shim. ga, Urartu (738 va 735) va Bobilga 2-marta (podsholigining boshida va oxirida) yurish qilgan. Bobiddagi hokimiyatni xaldey sardorlari egallab olishga harakat qilmoqda edi. 729-y. shaxsiy uniya asosida T. III Pulu nomi bilan Bobil podshosi boʻlgan. Bosib olingan hududlarning aksariyatida Ossuriya viloyatlari tuzilgan, bir qism yerlar Ossuriyaga tobe davlatlarga aylantirilgan. Tiglatpalasar davrida xalklarni bosib olingan bir hududdan boshqasiga yoxud Ossuriyaga koʻchirish amaliyotidan foydalanilgan. Qoʻrqmas Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x