TIBBIY TIKLANISH VA FIZIOTERAPIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti — UzR dagi ilmiy tashkiliymetodik va konsultativ markaz. 1919-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. Dastlab kurortologiya va fizioterapiya inti deb nomlangan. Int kurort manbalari va yangi fizik omillardan davo va profilaktika maqsadida foydalanish, ularni oʻrganish hamda shu sohada ilmiy, amaliy mutaxassislar tayyorlashda yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. 1925-y. dan oʻlkaga xos kasalliklarni fizik usullar bilan davolash ustida ish olib borib, Urta Osiyo hududida kurort iklimli joylar, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va b. ni oʻrgana boshladi. 1932-y. kurortologiya boʻlimi ochildi, shundan buyen 100 dan ortiq mineral suv va shifobaxsh balchiq manbai va iqlimi kurortbop joylar oʻrganilgan va kurortsanatoriy (Chortoq, Toshkent mineral suvi, Chimyon, Polvontosh va h. k.) hamda dam olish uylari (Shohimardon, Oqtosh, Chimyon, Sitorai Mohi Xosa, Shaxand, Miroqi, Vandob) tashkil etilgan. Intda bemorlar sogʻligʻini tiklashga qaratilgan usullar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Intda 8 ilmiy boʻlim, lab., vivariy, kutubxona va muzey mavjud; ilmiy xodimlar orasida 6 fan dri va 17 fan nomzodi bor (2004). 160 oʻringa moʻljallangan boʻlimlar (kardiologiya, artrologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, umumiy terapiya, fizioterapiya, va b.) da kattalar va bolalar oʻz sogʻligʻini tiklaydilar. Intda gipertoniya va yurakning ishemik kasalliklari hamda reproduktiv yoshdagi ayol va erkaklar sogʻligʻini tiklash markazlari ishlab turibdi. Int xodimlaridan 12 fan dri va 89 fan nomzodi yetishib chiqdi, 46 ilmiy ishlar toʻplami, 50 monografiya, 142 metodik qoʻllanmalar nashr etildi. 1990-y. da Termiz sh. da int filiali ochildi. Int faoliyati Yo. K. Moʻminov, Z. A. Dolimov, R. A. Katsenovich, N. Majidov, K. Y. Yoʻldoshev va b. olimlarning nomlari bilan bogʻliq.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые