Tezroq homilador bo‘lishning eng oddiy siri!

Ayol hayz siklining ma’lum bir davrida tuxumdondan tuxum hujayralarining yetilib chiqib, bachadon nayida joylashib, urug’lanishiga tayyor bo’lib turishiga ovulyatsiya deyiladi.
Ovulyatsiyani bilish ayol uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ovulyasiya kuni va undan bir necha kun oldin va keyin amalga oshirilgan jinsiy aloqadan so’ng ayolning (boshqa faktorlar mavjud bo’lmasa — masalan jinsiy kasalliklar, qo’shimcha saqlanish vositalardan foydalanish va hokazo) homilador bo’lish ehtimoli yuqori bo’ladi.
Ovulyasiyaga qarab er-xotin homiladorlikdan saqlanishi mumkin, ya’ni o’vulyasiya kunlari jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jinsiy aloqa bo’lsa ham prezervativdan foydalaniladi. Ammo ovulyasiya bo’layotganini aniq bilish juda qiyin.
Ovulyasiyani qanday aniqlash mumkin:
1. Ultra tovushli diagnostika orqali (eng aniq yo’l).
2. Ovulyasiya testlari (dorixonada sotiladigan maxsus test: siydik testerga tomchilash yordamida ovulyatsiya yaqinlashayotgani aniqlanadi).
3. Qon tekshiruvi.
4. Rektal (anusdagi) haroratni kuzatish (bunda bir necha oy davomida rektal harorat aniqlanadi. Buning uchun har kuni ertalab o’rindan turmasdan anusga termometr joylashtirilib, 5 daqiqa davomida ushlanadi. Har kungi harorat yozib boriladi. Haroratning muntazam ko’tarilishi ovulyatsiya jarayoni yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Haroratning eng yuqori darajaga ko’tarilgani ovulyasiya yaqinlashganini ko’rsatadi. Haroratning ko’tarilib pasayib borishi ovulyasiya o’tib ketganini ko’rsatadi. Agar harorat ko’tarilgan holda qolsa, demak homiladorlik vujudga kelgan bo’lishi mumkin. Bu usul jinsiy a’zolarda infeksion kasallik mavjud bo’lmagandagina ishonchlidir)
5. Qindagi suyuqlik (ovulyasiya paytida qindan ajraladigan suyuqlik ko’payadi, cho’ziluvchan va tuxum oqiga o’xshash rangda bo’ladi. Ovulyasiya o’tgandan keyin qindagi suyuqlik ancha kamaygani yoki umuman yo’q bo’lgani seziladi).
6. Og’riq (hayz siklining o’rtalarida paydo bo’ladigan bel, ko’krak va qorin pastidagi og’riqlar ovulyatsiya jarayoni bo’layotganidan dalolat berishi mumkin).
7. Ayrim ayollarda ovulyatsiya paytida libido (jinsiy aloqaga intilish) kuchayishi kuzatiladi.
Homiladorlikdan saqlanish vositasida ovulyatsiya kunini hisoblab yurish yo’li (ovulyasiya kuni atrofida jinsiy aloqa qilmaslik yoki aloqa davomida prezervativdan foydalanish) ishonchsiz bo’lishiga qaramay, ko’pchilik undan foydalanadi. Homilador bo’lishni istagan har bir ayol esa aynan ovulyatsiya kuni yoki undan bir necha kun oldin va keyin jinsiy aloqada bo’lishi kerak.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x