TEYLERIOZ — kavsh qaytaruvchi hayvonlarda uchraydigan invazion transmissiv kasallik. Limfa bogʻlamlari va parenxima organlarida, soʻngra qon eritrotsidlarida parazitlik qiladigan Thieleria avlodiga kiruvchi bir hujayrali pigmentsiz sodda parazitlar qoʻzgʻatadi. Kasallik Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlariga tarqalgan. Qoramollarda T.sergenti, T.mutans; qoʻy va echkilarda T.ovis keltirib chiqaradi. Koʻproq 6 oylik buzoklar qattiq kasallanadi. Kasallik koʻzgʻatuvchisi sogʻlom mollarga zararlangan yaylov kanalari orqali yuqadi. Kasallik, asosan, yilning iliqissiq faslida, kanalarning faol harakati davrida boshlanadi. Limfa bezlari, taloq va jigar kattalashadi, shirdon shilliq qavatida yumaloq yaralar paydo boʻladi.
Davolash: globulin, bigumal qoʻshilgan xinotsid, tetratsiklin qatori antibiotiklari, simptomatik vositalar (kofein, ftalazol, kobalt xlorid, mis sulfat, vitamin V12) yaxshi samara beradi.
Oldini olish: krramollar Teyleriozga qarshi tirik vaksina yordamida emlanadi. Qarshi kurashish asosan qoʻzgʻatuvchini tashuvchi kanalarni yoʻqotishga qaratiladi. Mollarning kanalashi muntazam koʻzdan kechiriladi, bahoryozkuz oylarida har haftada bir marta kanalarga qarshi ishlov beriladi, chorvachilik obyektlari, molxonalari har 1,5—2 oyda bir marta dezakarizatsiya qilinadi.
Hoshim Nurmamatov.