TETCHER (Thatcher) Margaret (Xilda) (1925.13.10, Grantem, Linkolnshir) — Buyuk Britaniyanig siyosat va davlat arbobi; bosh vazir (1979—90), maorif va fan vaziri (1970—74); xazinaxonaning 1lordi, davlat ishlari boʻyicha vazir, Konservativ partiya tomonidan Britaniya parlamenti jamoa palatasining aʼzosi (1959-y. dan). Oksford untini (organik kimyo ixtisosligi boʻyicha) tugatgan (1947). Kimyo korxonalarida ishlagan, huquqshunoslik kursida oʻqib, advokatlik qilgan (1954—57). Nafaqalar va davlat sugʻurtasi boʻyicha vazirlikning parlament kotibasi (1961—64). Oksford untining Samervill kolleji va Qirollik kimyo inti faxriy prof., Qirollik jamiyati aʼzosi. 1975-y. da Konservativ partiya rahbari etib saylangan. Tetcherning falsafasi va neokonservatizm tajribasi jahon siyosiy lugʻatida «tetcherizm» deb nom olgan. U siyosat olamida «Temir xonim» degan nom bilan mashhur. Buyuk Britaniya tarixida 1ayol bosh vazir lavozimiga saylanganiga 25 y. toʻlgani munosabati bilan qirolicha Yelizaveta II unga baronessa unvonini bergan (2004-y., may).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые