TESHIKTOSH GʻORI — mustye madaniyatiga mansub neandertallartshg makoni. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m bal. da joylashgan. Gʻorning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shim. sharq tomonga qaragan boʻlib bal. 7 m, eni 20 m, uz. 21 m. Uning umumiy mayd. 300 kv m boʻlib, shundan 100 kv. m joy i neandertallar yashaganligidan guvoxlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. Teshiktosh gʻori yashash uchun qulayligi tufayli gʻorni vaqtvaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. Gʻorni birinchi marta 1938— 39 y. larda A. P. Okladnikov oʻrgangan. Teshiktosh gʻori 5 ta madaniy qatlamdan iborat boʻlib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. Gʻorning har bir qatlamida bittadan va baʼzilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Gulxanlar atrofida koʻplab togʻ echkisi, bugʻu, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan uchburchak shakldagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta qirgʻich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Mustye madaniyatiga oid bu xiddagi qurollarning koʻpchiligi qoramtir kremniyli ohaktosh yashma, kvarsit va b. vulqoniy tosh jinslardan yasalgan. Teshiktosh gʻori topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chukurlikdan topilgan Teshiktosh odamidmr.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые