TESHIKKOʻPRIKTEPA, Eshak koʻpriktepa — 5—13-a. boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh. ning «Hamza» metrosi styasi yaqinida (Xalklar doʻstligi shohkoʻchasida) joylashgan. Teshikkoʻpriktepani bir necha marta oʻlkashunos D. D. Bukinich (1930-y. lar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-y. lar), arxeologlar K. A. Shaxurin va Yu. F. Buryakov (1962-y. da), Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich va b., 1968-y.) tekshirgan. Teshikkoʻpriktepa arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga yetadigan ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining mayd. 500×600 m boʻlgan. Ark xom gʻisht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat boʻlib, alohida xonalarga boʻlingan va kalin tashki devor bilan oʻralgan. Qalʼa markaziy qismidagi binolar 5—8-a. larga mansub. Arablar istilosi davrida (8-a.) binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 9 — 12-a. larda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shugʻullangan. Teshikkoʻpriktepa Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri boʻlgan. 13-a. boshida butunlay xarobaga aylangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые