TERMOFOSFATLAR — tabiiy fosfatlarni ishqoriyer metallar birikmalari bilan birga yuqori haroratda pishirib, tuyib tayyorlanadigan fosforli oʻgʻitlar. Fosfat shlaklari, shuningdek, ftorsizlantirilgan fosfatlar ham baʼzan Termofosfatlarga kiritiladi. Termofosfatlar tarkibidagi fosfat angidrid (R2O5)ni, ayniqsa 20—30% R2O5 boʻlgan ishqorli Termofosfatlarni oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtiradi. Ishqorli Termofosfatlar tabiiy fosfatlarni soda, soda shlaki yoki natriy sulfat bilan birga pishirib olinadi. Tarkibida 20% oʻzlashtiriladigan R2O5 va 12% MgO boʻlgan magniyli (magnezial) Termofosfatlar tabiiy fosfatlarni magnezial silikatlar — olvinit, serpentinit bilan birgalikda pishirib olinadi. Bu oʻgʻitlar fosfor va magniy elementlari kam yerlarga solinadi. Termofosfatlar nordon tuprokli yerlar uchun foydali.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые