TERMOFIL ORGANIZMLAR

TERMOFIL ORGANIZMLAR, termofillar (termo… va… fil) — doimiy yuqori haroratda yashashga moslashgan organizmlar. Termofil mikroorganizmlar tabiatda qaynoq buloqlarda, oʻzoʻzidan qizib ketadigan substratlar — nam xashak va don toʻplami, goʻng va b. da, tuproqning quyosh taftida kuchli qiziydigan yuza qatlamlarida keng tarqalgan. 45°dan yuqori haroratda koʻpayadi va usadi. Bakteriyalar koʻpaya oladigan maksimal harorat 70 — 90° va undan yuqori; mikroskopik zamburugʻlar va suvoʻtlar — 55—60°, bir hujayrali hayvonlar — 45—50°. Obligat Termofil organizmlar (ayrim bakteriyalar) 45° dan past xaroratda koʻpaymaydi. Keng maʼnoda Termofil organizmlarga gomoyoterm hayvonlar tanasida yashaydigan parazit va saprofit organizmlar, tropik mintakalarda uchraydigan paporotniksimonlar va gulli oʻsimliklar kiradi. Termofil hayvonlar muayyan darajadan pastroq haroratda yashay olmaydi. Mas., madrepor korallar harorati 20°dan pastga tushmaydigan dengizlarda tarqalgan. Termofil qiskichbaqasimonlar qaynoq buloklarda yashaydi, lekin harorat 30° dan pastga tushganida halok boʻladi. Arid zonada tarqalgan hasharotlar orasida Termofil organizmlar koʻp uchraydi (mas., koratan qoʻngʻizlar). Past haroratda uz tanasi haroratini yaxshi boshqara olmaydigan kupchilik tropik qushlar, antilopalar va b. ham Termofil organizmlarga kiradi.

Ad.: Biologiya termofilnoʻx mikroorganizmov, M„ 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x