TERMODINAMIKA

TERMODINAMIKA (yun. termo issiq, dynamis — kuch) — termodinamik muvozanat holatida turgan makroskopik tizimlarning umumiy xossalari ga bu holatlar orasidagi utish jarayonlari toʻgʻrisidagi fan. T. fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.

Termodinamikaning birinchi bosh qonuni tizimning energiya saqlanish qonuni boʻlib, unga, asosan, tizim oʻzining ichki energiyasi yoki qandaydir tashqi energiya manbai hisobiga ish bajarishi mumkin. Bu krnunni Yu. R. Mayer taʼriflagan. G. Gelmgols aniqroq shaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning ikkinchi bosh qonun i quyidagicha: issiqlik energiyasi ishga aylanish jarayonida toʻliq miqdorda ishga aylanmaydi, issiqlik sovuq tizimdan issiq tizimga oʻzoʻzidan oʻta olmaydi. Bu qonunni R. Klauzius taʼriflagan (1850). Bu konunga asosan, har qanday mashina uzatilgan issiklikni toʻliq ishga aylantira olmaydi, issiklikning maʼlum qismi sovitkichda qoladi (q. Karno sikli).

Termodinamikaning uchinchi bosh qonuni entropiyaning mutlaq qiymatini aniqlaydi; Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi. Bu qonunga koʻra, ixtiyoriy tizimning entropiya S si mutlaq nolga intiladigan har qanday t-ra Termodinamikada bosimga, zichlikka bogʻliq boʻlmagan eng oxirgi chegaraviy qiymatiga erishadi. 1911-y. da M. Plank bu qonunni quyidagicha ifodalagan: t-ra mutlaq nolga intilganda tizim entropiyasi ham nolga intiladi.

Termodinamika umumiy yoki fizik Termodinamikaga, Termodinamika qonunlarini issiqlik texnikasiga tatbiq qiluvchi texnik Termodinamikaga, Termodinamika qonunlarini kimyoviy va fizikkimyoviy jarayonlarga tatbiq qiluvchi kimyoviy Termodinamikaga, Termodinamika qonunlari yordamida qaytmas jarayonlarni oʻrganuvchi qaytmas jarayonlar T. siga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x