TERMIZIY MAQBARASI, Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (11—12-a. lar). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan. Hoz. kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali oʻtuvchi 4 xona (boʻlma)dan iborat yaxlit bino koʻrinishida, xonalar tarhi 4,3×4,5 m. Shim. sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik toʻsilgan. 3 xonali boʻlma murabba tarhli, ulardan jan. dagisi goʻrxona. Unda marmar sagʻana bor. Sagʻana 3 pogʻonali, muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan. Goʻrxonadan tor uzun yoʻlka orqali xonaqohga oʻtiladi. Xonaqoh poli goʻrxonaga nisbatan pastroq boʻlib, ular oraligʻi keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli, mehrobli. Yonidagi 2 xonadan shim. sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bagʻalli, devorlariga 4 ravoq ishlangan, pishiq gʻishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganchkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 gʻishtin ravokli namoyonlar ishlangan. Tobadonlariga oq ganchdan panjaralar oʻrnatilgan. Ravokdari gʻisht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik koʻshksimon gumbazli qurilma egallagan. Yodgorlik haqida ilk bor D. N. Logofet yoʻl ocherklarida tilga olgan. 1945-y. V. L. Voronina meʼmoriy oʻlchamlarini bajargan. Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Sagʻanasi va ganchkori panjaralari qayta oʻrnatildi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии