TERKS VA KAYKOS OROLLARI

TERKS VA KAYKOS OROLLARI — Bagama o. larining jan. sharqiy qismidagi Terke, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 430 km2. Maʼmuriy markazi — KokbernTaun sh. Aholisi 14 ming kishidan ziyod, 90% dan ortigi Afrika qitʼasidan borgan. Rasmiy tilingliz tili. Orollar marjon ohaktoshlaridan tuzilgan boʻlib, riflar bilan oʻralgan. Karst keng tarqalgan. Iqlimi tropik, passat, oylik tralar 23—27°. Kuchli shamol va dovullar boʻlib turadi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1000 mm. Shoʻr koʻl kup. Doim yashil butazorlar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Orolni 1512-y. da ispanlar egallagan. 17-a. da orolga Bermuda o. laridan Aholi kelib urnashgan. 1766-y. dan Buyuk Britaniya mulki. 1874—1962-y. larda Yamayka tarkibida bulgan. 1959-y. da oʻzinioʻzi ichki boshqarish huquqiga ega boʻldi. Orol muhim moliya markazlaridan. Q. x. da dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, meva va sabzavotlar ekiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Baliq konservalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish. korxonalari mavjud. Yirik orollarda xalqaro aeroportlar bor. Turizm rivojlangan. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Yamayka.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x