TERBIY

TERBIY (lot. Terbium) , Tb — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 65, mol. m. 158,9254. Bitta izotop |59T shaklida uchraydi. Terbiyning bir necha sunʼiy radioaktiv izotoplari olingan. Lantanoidlarning ittriy guruhchasiga kiradi. Terbiy kumush kabi oq metall. Suyuklanish trasi 1356°, qaynash trasi 2480°, zichligi 8,270 g/sm3. Sof Terbiy plastik va yaxshi deformatsiyalanadigan metall. Kimyoviy jihatdan faol. Oʻz birikmalarida 3 va 4 valentli. Terbiy rangli metallarning qotishmalariga oz mikdorda qoʻshiladi. Lyuminoforlar va lazer materiallari tayyorlashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x